Barchamizga ma’lumki, QS World University Rankings tashkiloti har yili universitetlarning xalqaro reytinglarini e’lon qilib boruvchi nufuzli tashkilotlardan biridir. Ushbu reyting universitetlarni akademik va ish beruvchilar oldidagi nufuzi, ilmiy tadqiqot faoliyati va iqtiboslik ko‘rsatkichlari, bitiruvchilar bandligi va ularni ish bilan ta’minlanganlik darajasiga baho beradi.
Toshkent davlat yuridik universiteti Akbar Tashkulov boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniyaga tashrifi davomida QS bosh ofisida tashkilot prezidenti Nunzio Quacquarelli va mintaqaviy direktori Sergey Xristolubov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda QS xalqaro reytinglarida ishtirok etishning asosiy mezonlari, talablari muhokama qilindi. TDYUning reytingdagi yutuqlari, akademik va ish beruvchi reputatsiya ko‘rsatkichlari hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyati tahlil qilindi.
Shuningdek, QS rahbariyati tomonidan universitetning xalqaro reytinglardagi hozirgi o‘rni va uni yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ma’lumot uchun: TDYU QS World University Ranking 2022 da “Recognation of Data Engagement” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.