Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi tahliliga bag‘ishlangan anjuman 7-yanvar 11:00 da TDYU 3-bino katta majlislar zalida boshlanadi.
Davra suhbatida Murojaatnomada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, qonun ustuvorligi va adolatli jamiyat barpo etish masalalari, shuningdek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida huquqiy islohotlarning o‘rni keng muhokama qilinadi.
Anjumanda professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar va mavzuga qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin.