“Ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar muammolariga ko‘maklashuvchi yuridik klinika faoliyatini yo‘lga qo‘yish” grant loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent davlat yuridik universitetiti hamkorligida Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bog‘zor qo‘rg‘onida joylashgan 24-son Tarbiya koloniyasida tashkil etilgan tadbirda TDYU professor-o‘qituvchilari, koloniya rahbariyati va tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.
Uchrashuvda grant a’zolari — TDYU Umumta’lim fanlar va madaniyat kafedrasi dotsenti v.b. Rahmon Qo‘chqorov “Uyushmagan yoshlar orasida axloqsizlik va boshqa illatlarning oldini olish: muammo va yechimlar” mavzusida, TDYU Yuridik klinikasi rahbari, yuridik fanlari doktori, professor Otabek Narziyev “Yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarni oldini olishda Yuridik klinika faoliyatining ahamiyati” mavzusida, TDYU Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi dotsenti Dilshodbek Nurumov “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishning dolzarb muammolari” mavzusida, TDYU Umumta’lim fanlar va madaniyat kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Shohjahon Toshpo‘lotov “Ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi yoshlar bilan ishlashda xorij tajribasidan foydalanishning dolzarb masalalari” mavzusida ma’ruza qildi.
Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi. Shuningdek, muassasa tarbiyalanuvchilari mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.