“Jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni jinoyat-protsessual, kriminalistik, tezkor-qidiruv va sud-ekspertiza tajribasi nuqtai nazaridan amalga oshirish” mavzusida “Eng yaxshi ilmiy ish” bo‘yicha XIV xalqaro ochiq tanlov o‘tkazildi.
Xalqaro tanlovda Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Belarus Respublikalaridan 60 nafardan ortiq talabalar, magistratrantlar va aspirantlar ishtirok etdi.
Mazkur tanlovda Toshkent davlat yuridik universitetining talabalari ham ishtirok etib, bir nechta nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib va sovrindor bo‘ldi.
Quyida ushbu talabalar va ularning ilmiy rahbarlari bilan tanishishingiz mumkin:
— “Ilmiy salohiyat" nominatsiyasi: Davlatbek Nematillayev, Anvarjon Nurillajonov, Shuxrat Kayumov;
Ilmiy rahbar: Ulzana Raximova, TDYU Jinoyat protsessual huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD.
— “Ilmiy tadqiqotga kompleks yondashuv” nominatsiyasi: Ulugbek Turabbayev;
Ilmiy rahbar: Sardorjon Zokirov, TDYU Jinoyat protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi.
— “Tadqiqotning empirik miqyosi” nominatsiyasi: Komron Tursunmurodov, Saidbek Kadirbayev;
Ilmiy rahbar: Dilbar Suyunova, TDYU Jinoyat protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori.
— “Ilm-fanda ilk qadamlar” nominatsiyasi: Ikrambek Jumamuratov;
Ilmiy rahbar: Dilbar Suyunova, TDYU Jinoyat protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori.
— “Retrospektiv tahlil” nominatsiyasi: Nurmuxammed Muxanov;
Ilmiy rahbar: Dilbar Suyunova, TDYU Jinoyat protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori.
Shuningdek, Xojiakbar Abdusamadov xalqaro tanlov sovrindori bo‘ldi.
Ilmiy rahbar: Xosiyat Mamatkulova, TDYU Jinoyat protsessual huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi