Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “Yevropa Ittifoqi huquqiy tizimining rivojlanish tendensiyalari” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Jean Monnet Chair in European Union Law” (101048015 — JMCEUL) grant loyihasi doirasida tashkil etilgan seminarda TDYU professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlari ishtirok etdi.

Amaliy seminarda loyiha koordinatori, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, yuridik fanlar doktori Xaydarali Yunusovning “Yevropa Ittifoqi huquqi tizimining shakllanishi, rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari — Yevropa Ittifoqi huquqi tajribasining O‘zbekistan uchun ahamiyati” mavzusidagi, loyiha a’zosi, TDYU “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Daler Valijonovning “Yevropa Ittifoqining huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari va O‘zbekiston bilan xalqaro-huquqiy hamkorligi” mavzusidagi, TDYU “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi o‘qituvchisi Sayidkomil Ibodullayevning “Yevropa Ittifoqining GSP+ tarifli savdo imtiyozlarini amalga tatbiq etishning huquqiy masalalari (O‘zbekiston va xorijiy tajribalar misolida)” mavzusidagi ma’ruzalari tinglanib, mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Seminar davomida ishtirokchilar loyiha a’zolaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar