Poytaxtimizda oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida futbol bo‘yicha "Yangi O‘zbekiston kubogi" o‘tkazildi.
Musobaqa finalida Toshkent davlat yuridik universiteti va Yangi O‘zbekiston universiteti talabalari g‘oliblik uchun bellashdi.
Asosiy vaqtda 2:2 hisobi qayd etilgan qizg‘in va murosasiz bahs yakunida universitetimiz jamoasi penaltilar seriyasida 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, ilk marotaba o‘tkazilgan "Yangi O‘zbekiston kubogi"da chempion bo‘ldi.