Toshkent davlat yuridik universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi va Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti Jurnalistika va qozoq tili kafedrasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarining olimlari, professor-oʻqituvchilari hamda aspirantlari, turli davlat va nodavlat tashkiloti vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyada milliy qonunchilik tili, davlat tilida ish yuritish, huquq sohasida terminologik va izohli lug‘atlarni tuzish, yangi huquqiy terminlar va ularni qonun tilida qo‘llash, yuridik terminologiya va uni yuridik texnikada qo‘llash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish, yurislingvistika va yuridik texnika ta’limi masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mavzu yuzasidan ishtirokchilarning ma’ruzalari tinglandi.
Xalqaro anjuman davomida sohada uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.