Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi qabul qilinganining 35 yilligi hamda “20-noyabr — Butunjahon bolalar kuni” munosabati bilan “Bola huquqlari o‘n kunligi” o‘tkazildi.
Loyiha davomida universitetning bakalavriat va magistratura talabalari o‘rtasida turli nominatsiyalar bo‘yicha qator tanlov va tadbirlar tashkil etildi.
Quyida o‘n kunlik doirasida o‘tkazilgan “Bola huquqlari bilimdoni — 2024” ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishishingiz mumkin:
“Bola huquqlariga bag‘ishlangan eng yaxshi ommabop maqola” nominatsiyasi:
1-o‘rin — Irisa Shodiyeva, Xususiy huquq fakulteti 2-kurs talabasi;
2-o‘rin — Ozoda Naimova, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 4-kurs talabasi;
3-o‘rin — Urol Qulmurodov, Jinoiy-odil sudlov fakulteti 3-kurs talabasi.
“Huquqingizni bilasizmi?” mavzusida videoroliklar tanlovi:
1-o‘rin — Farangiz Abdusattorova, Xususiy huquq fakulteti 2-kurs talabasi;
2-o‘rin — Jumanazar Omonboyev, Xususiy huquq fakulteti 2-kurs talabasi;
3-o‘rin — Xurshidabonu Haydarova, Xususiy huquq fakulteti 2-kurs talabasi.
“Bola huquqlari sohasidagi qonunchilikka taklif” nominatsiyasi:
1-o‘rin — Gulnoza Qahramonova, Xususiy huquq fakulteti 2-kurs talabasi;
2-o‘rin — Ozoda Naimova, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 4-kurs talabasi;
3-o‘rin — Gulasal Murodova, Xususiy huquq fakulteti 2-kurs talabasi.
“Bola huquqlari bilimdoni” nominatsiyasi:
1-o‘rin — Sevinch Sultonova, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 2-kurs talabasi;
2-o‘rin — Feruza Ro‘ziqulova, Ommaviy huquq fakulteti 3-kurs talabasi;
3-o‘rin — Komron Tursunmurodov, Jinoiy-odil sudlov fakulteti 3-kurs talabasi.
G‘olib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.