Sessiya “O‘zbekiston diqqat markazida: O‘zbekistonda gender tengligini oliy ta’lim orqali ta’minlash” mavzusida tashkil etilib, unda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari taqdimotlar qildi.
Sessiyaga Toshkent davlat yuridik universiteti Strategik rivojlanish va xalqaro reytinglarga kirish bo‘limi boshlig‘i Go‘zal Boboyeva moderatorlik qildi.
Ushbu sessiyada gender tengligini ta’minlash, gender tengligini ta’minlashning oliy ta’lim muassasalaridagi ko‘rsatkichlari, gender tengligidagi muammolarning kelib chiqishi, oliy ta’lim muassasalaridaning xalqaro reytinglardagi ishtiroki va ta’limning barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) integratsiyasi kabi dolzarb masalalarda o‘zlari faoliyat yuritayotgan universitetlar tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbuslar yoritib berildi.