Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.b., yuridik fanlar doktori, professor Islambek Rustambekov ayni paytda ishchi tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida professor I.Rustambekov Maqsut Narikbayev Universiteti talabalari uchun xalqaro arbitraj bo‘yicha ma’ruza o‘tkazdi.
Shuningdek, I.Rustambekov Maqsut Narikbayev Universiteti kutubxonasining Toshkent davlat yuridik universitetiga bag‘ishlangan maxsus bo‘limining ochilish marosimida ishtirok etdi. Maxsus bo‘limdan TDYU o‘qituvchilari tomonidan yozilgan va universitet tomonidan nashr etilgan 70 ga yaqin yuridik adabiyotlar, xususan, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar joy olgan.
Tashrif davomida tashkil etilgan uchrashuv doirasida tomonlar TDYU va Maqsut Narikbayev Universiteti o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralar yakunida Maqsut Narikbayev Universitetida Toshkent davlat yuridik universiteti auditoriyasini, TDYUda esa hamkor universitet auditoriyasini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.