Toshkent davlat yuridik universiteti Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi o‘qituvchisi Kamola Hakimova stajirovka o‘tash uchun Polshaning Adam Miskevich universitetiga tashrif buyurdi.
Stajirovka davomida K.Hakimova Polshadagi advokatura tizimini o‘rganish bilan bir qatorda huquq sohasidagi yetakchi mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va professorlarning darslarini kuzatib, ularning o‘qitish uslublarini tahlil qildi.
Bundan tashqari, TDYU o‘qituvchisi polshalik talabalar uchun mahorat darsini tashkil etib, ularga o‘z tadqiqotining maqsad-vazifalari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Mashg‘ulotda asosiy e’tibor TDYUda xorijiy talabalarni o‘qitish shartlari va xususiyatlarini muhokama qilishga qaratildi.