Xabaringiz bor, ayni paytda respublikamizning barcha hududlarida yuridik taʼlimning uzluksizligini taʼminlash hamda voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchilari ishtirokida huquqiy savodxonlik darslari tashkil etilmoqda.
Shunday darslardan biri Marg‘ilon shahridagi 15-umumta’lim maktabida o‘tkazildi.
“Huquqiy davlat” mavzusida tashkil etilgan darsni TDYU Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonov olib bordi.