Toshkent davlat yuridik universiteti “Olima qizlar klubi” doirasida tashkil etilgan seminar-trening shu mavzuda o‘tkazildi.
TDYU Ekologiya huquqi kafedrasi professori Guzal Uzakova olib borgan mashg‘ulotda ilm, huquq va jamiyat masalalari xususida fikr almashinib, olima qizlarga ilmiy maqola yozish va tadqiqot metodologiyasi haqida foydali ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, treningda ilmning shaxs va jamiyat hayotidagi o‘rni, huquqiy ong va tafakkurni shakllantirish bosqichlari, ilmiy maqola yozishda metodologik yondashuvlar va eng ko‘p uchraydigan xatolar muhokama qilindi.
Mashg‘ulotda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.