Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan muhim sanalar boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 4-bandiga muvofiq, 22-may respublikamizda “Xalqaro biologik xilma-xillikni asrash kuni” etib belgilangan.
Shu munosabat bilan Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi tomonidan Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti talabalari uchun “O‘simlik va hayvonot dunyosini asraylik” shiori ostida targ‘ibot darslari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida talabalarga mamlakatimizda bioxilma-xillikni asrash borasida qilinayotgan ishlar, bu borada qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar va tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik bo‘yicha ma’lumot berildi.