Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan anjumanda milliy va xorijiy ekspertlar, Gdansk universiteti, Regensburg universiteti, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, TDYU professor-o‘qituvchilari, Soliq qo‘mitasi va Oliy sudning Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti vakillari ishtirok etdi.
Xalqaro konferensiyada mavzu yuzasidan milliy va xorijiy olimlar hamda amaliyotchilarning ma’ruzalari tinglanib, muhokamalar o‘tkazildi.