Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish kurslariga start berildi

USAIDning Huquqiy islohotlar dasturi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan kurslarda o‘quv mashg‘ulotlari “Legal Tech and Artificial intelligence in Legal profession” (Yuridik kasblarda huquqiy texnologiyalar va sun’iy intellekt) masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ularni “White and Case” xorijiy yuridik kompaniyasi (AQSH) va arbitraj institutlari, nufuzli xorijiy ta’lim muassasalari (Oksford universiteti, Tvente universiteti) hamda AQSH, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida yuridik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan xorijiy va mahalliy mutaxassislar olib bormoqda.

An’anaviy va onlayn tarzda tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar o‘zbek va ingliz tillarida o‘tkazilmoqda.

Kurslar doirasidagi ilk mashg‘ulotlar TDYU rektori v.v.b., yuridik fanlari doktori, professor Islambek Rustambekov va yuridik fanlari doktori, professor Said Gulyamov tomonidan “Transforming the Legal Profession with Legal Tech and Artificial Intelligence” (“Huquqiy texnologiyalar va sun'iy intellekt orqali yuridik kasblarni transformatsiya qilish”) va “Role of Artificial Intelligence in Criminal Investigations” (“Jinoyat tergovida sun'iy intellektning ahamiyati”) mavzularida o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, kurs yakunida bitiruvchilarga Adliya vazirligi va Oksford universitetining xalqaro sertifikatlari topshiriladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar