Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universitetining korrupsiyaga qarshi menejment tizimini ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqligini sertifikatlashtirish auditorlik tekshiruvi muvaffaqiyatli yakunlandi va universitetimizga ISO 37001:2016 — Korrupsiyaga qarshi kurash menejmenti tizimining muvofiqlik sertifikati topshirildi.
Shu munosabat bilan korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimining muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritish chora-tadbirlaridagi faol ishtiroki uchun Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 1-bosqich talabasi va Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi huzuridagi “Aksilkorrupsiya” klubi a’zosi Jaloliddin Sheraliyev universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.