Xabaringiz bor, Samarqand shahrida BMTning “Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash” bo‘yicha Konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi (CMSCOP14) bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur xalqaro anjuman doirasidagi parallel tadbirlar (side-event)da Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi professorlari Shuhrat Fayziyev va Olim Narzullayev ham ishtirok etmoqda.
Anjumanda atrof-muhit muhofazasi, iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillik va yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, ushbu yo‘nalishlardagi ilg‘or tajribalar muhokama qilinmoqda.