Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Intellektual mulkni huquqiy tartibga solish muammolari muhokama qilindi

Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi hamda Intellektual mulk huquqi kafedrasi tashabbusi bilan “Intellektual mulkni huquqiy tartibga solish muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Xalqaro intellektual mulk kuni munosabati bilan 2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasiga muvofiq o‘tkazilgan anjumanda San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi, Patent vakillari assotsiatsiyasi, “Legalmax” yuridik firmasi vakillari hamda Oksford universiteti Regents Park kolleji, Brunel London universiteti (Buyuk Britaniya), Akademik A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.

Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi tahriri muhokama qilinib, bugungi kunda internetda mualliflik huquqining buzilishi, parallel importni tartibga solish muammolari, intellektual mulkning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, bozorlardagi intellektual huquqlarning buzilishi masalalari bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Mazkur konferensiya doirasida tashkilotchilar tomonidan materiallar to‘plami (tezislar) nashr etilishi rejalashtirilgan. To‘plamda ilmiy materiallarini chop etishni istaganlar maqola va tezislarini 15-mayga qadar TDYU Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi Shohruhbek Tillaboyev (@Shohruh_TM Telegram manzili) ga yuborishi kerak.