Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b., yuridik fanlari doktori, professor Islambek Rustambekov Namangan davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida NamDU Huquqshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Davra suhbati tarzida o‘tgan uchrashuvda mamlakatimizda huquqiy ta’limnini rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar, huquqiy fanlarni o‘qitishning zamonaviy metodlari, huquqiy ta’limning rivojlanish tendensiyalari va shu yo‘nalishdagi qator masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda TDYU va NamDU o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ilmiy taqdiqotlar o‘tkazish, ilmiy maqolalar va kitoblar chop etishga kelishib olindi.
Load More Post...