Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU va Riga huquq maktabi o‘rtasida akademik mobillik to‘g‘risida bitim imzolandi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b., yuridik fanlari doktori, professor Islambek Rustambekov Latviyaning Riga huquq maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Riga huquq maktabi direktori bilan uchrashuv tashkil etilib, ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida TDYU va Riga huquq maktabi o‘rtasida talabalar uchun akademik mobillik dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bitim imzolandi.

Shuningdek, muzokaralar davomida TDYU talabalariga Riga huquq maktabida o‘qish uchun imkoniyat va sharoitlar yaratish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va xalqaro grant loyihalarida ishtirok etishga kelishib olindi.