Toshkent davlat yuridik universitetida 2024/2025-o‘quv yilida ishga qabul qilingan professor-o‘qituvchilar uchun universitetning Transformatsiya bo‘limi va Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan treningni britaniyalik xalqaro trenerlar va mustaqil ekspert, professor Richard Grimes va York Universiteti professori Stefen Levet tomonidan olib bormoqda.
Mashg‘ulotda universitetning professor-o‘qituvchilarning kasbiy etikasi, akademik majburiyatlari, talabalar bilan munosabatlari, darsni tashkil etish va olib borishga doir muhim masalalar muhokama qilinmoqda.
Yangi ishga qabul qilingan professor-o‘qituvchilar uchun trening 7- va 10-yanvar kunlari davom etadi.