Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Dostonbek Aliboyev, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi bosh mutaxassisi Farrux Xikmatov hamda universitetning 2 nafar talabasi stajirovka o‘tash maqsadida Xitoyning eng yirik yuridik muassasalaridan biri bo‘lgan “Duan-Duan” yuridik firmasiga tashrif buyurdi.
Stajirovkaning birinchi kunida universitetimiz vakillari hamda “Duan-Duan” yuridik firmasi rahbariyati va xodimlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shundan so‘ng universitet vakillari “Duan-Duan” yuridik firmasining O‘zbekiston Respublikasidagi yuridik masalalar bo‘yicha yuristi bilan suhbatlashib, mamlakatimizdagi mehnat qonunchiligi bo‘yicha vujudga kelayotgan masalalari yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
Stajirovkaning ikkinchi kuni universitetimiz vakillari Xitoyning Janubi-g‘arbiy siyosat va huquq universiteti (SWUPL) professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, ikki universitetning o‘qitish tizimi, ta’lim metodlari borasida fikr va tajriba almashdi.
Shuningdek Xitoy Savdo-sanoat palatasi, uning huzuridagi Mediatsiya markazi va Tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.