O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlab “Zakovat” turnirining “Konstitutsiya kubogi” o‘tkazildi.
Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan bilimlar bellashuvida “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridan 40 dan ortiq jamoa ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi mutlaq ustunlik bilan 1-o‘rinni egalladi va 2-marotaba “Konstitutsiya kubogi”ni qo‘lga kiritdi.