O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq, Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylari tashkil qilindi.
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylariga 2024/2025-o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni qabul qilish 20-iyundan boshlanadi va hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz portali orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.
Akademik litseylarda o‘qishni istagan o‘quvchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
1. Ariza;
2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, passport yoki ID karta nusxasi);
3. 3.5x4.5 o‘lchamdagi rangli rasm (oq fonda)
Hujjatlarni qabul qilish 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Ayni paytda akademik litseyda o‘qishni istagan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etilgan.
Abituriyentlar va ularning ota-onalari quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin:
— Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Namangan viloyat akademik litseyi — +99869 233-07-20
— Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Samarqand viloyat akademik litseyi — +99866 240-94-15