Toshkent davlat yuridik universiteti quyidagi qoʻshma ta’lim dasturlariga qabul e’lon qilmoqda:
1. Nijniy Novgorod davlat universiteti (Rossiya, Nijniy Novgorod sh.) bilan hamkorlikda:
– 3 yillik bakalavriat (kunduzgi) — 60 ta oʻrin (faqat yuridik texnikum bitiruvchilari uchun);
Batafsil: http://www.unn.ru
2. Grodno davlat universiteti (Belarus, Grodno sh.) bilan hamkorlikda:
– 3 yillik bakalavriat (kunduzgi) — 100 ta oʻrin (faqat yuridik texnikum bitiruvchilari uchun);
– 5 yillik bakalavriat (sirtqi) — 25 ta oʻrin;
Batafsil: https://www.grsu.by
3. KAZGYU universiteti (Qozogʻiston, Nursulton sh.) bilan hamkorlikda:
– 4 yillik bakalavriat (kunduzgi) — 50 ta oʻrin.
Batafsil: https://kazguu.kz/ru
Barcha dasturlarda ta’lim rus tilida olib boriladi.
3 yillik bakalavriatga Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining 2020/2021- va undan keyingi oʻquv yillari bitiruvchilari qabul qilinadi.
Load More Post...