Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU talabasi Jamshid Turdibekov huquqiy savollarga avtomatik javob beruvchi bot yaratdi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xususiy huquq” fakulteti talabasi Jamshid Turdibekov tomonidan “Legal point” boti yaratildi.

Mazkur bot Jinoyat kodeksi Maxsus qismining dastlabki 3 bo‘limi yuzasidan  berilgan savollarga avtomatik javob beradi.

Buning uchun foydalanuvchi Kodeksning Maxsus qismi moddalarini minimal darajada bo‘lsa ham bilishi kerak. Chunki botdan foydalanuvchi ushbu moddalarning ba’zi so‘zlarni unga kiritadi va shundan so‘ng bot Jinoyat kodeksi Maxsus qismining dastlabki 3 ta bo‘lim bo‘yicha yuzaga keluvchi savollarga maxsus algoritm asosida javob beradi (eng maqbul moddalarni chiqarib beradi).

Ayni paytda ushbu botning faoliyatini yanada rivojlantirish va ishlash aniqligini oshirish borasida ishlar amalga oshirilmoqda.

Hodisalar

Barcha e'lonlar