Toshkent davlat yuridik universiteti “Intellektual mulk huquqi” kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Abdumo‘min Yuldashov Rossiya Federatsiyasi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari assotsiyatsiyasi prezidentining 2022-yil 14-noyabrdagi tegishli buyrug‘iga asosan “Nortiya” mukofoti bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun: ushbu mukofot bilan intellektual mulk sohasidagi ko‘p yillik mehnati, intellektual mulkka oid qonunchilikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun olimlar, soha mutaxassislari va ekspertlarga beriladi.
Batafsil: https://www.tiscs.ru/awards/nagragdennye