Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning 1- va 2-bosqich o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan intellektual bellashuvda 11 ta jamoa ishtirok etdi.
Jamoalar huquqiy va badiiy adabiyotlar asosida tuzilgan savollarga javob berdi.
Intellektual bahs yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom va detektiv-badiiy kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.