Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi qoshidagi klublar tomonidan qisqa muddatli qishki ta’til davomida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning bilimlarini yanada mustahkamlashiga imkon yaratish maqsadida turli onlayn viktorinalar o‘tkazildi.
Xususan, “Watch and learn” klubi tomonidan o‘tkazilgan viktorinaning 1- bosqichida 45 nafar talaba ishtirok etdi. Ushbu bosqichda muvaffaqiyatli qatnashib, yuqori natijalarga erishgan 7 nafar talaba 2-bosqichga yo‘l oldi.
2-bosqich ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etilib, turli savollar orqali g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni “Jinoiy odil sudlov” fakulteti 2-bosqich talabasi Gulruhsorbegim Abdusaidova qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin “Jinoiy odil sudlov” fakulteti 3-bosqich talabasi Dilmurod Toshmatovga, 3-o‘rin “Xususiy huquq” fakulteti 1-bosqich talabasi Jahongirbek Xoliqovga nasib etdi.
“Start Legal English” klubi tomonidan o‘tkazilgan “Huquqiy atamalar bilimdoni (ingliz tilida)” tanlovi qizg‘in tarzda o‘tdi. 2-bosqichda o‘tkazilgan tanlovda 60 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi. Ishtirokchilar huquqiy atamalarga asoslanib tuzilgan topshiriqlarni bajarishdi.
Yakunda quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o‘rin — Mahbuba Sayfullaeva, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 2- bosqich talabasi;
2-o‘rin — Nigora Suyundikova, ‘Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” fakulteti 1-bosqich talabasi;
3-o‘rin — Zarnigor Hamzayeva, “Ommaviy huquq” fakulteti 2-bosqich talabasi.
Onlayn viktorinalarning g‘olib va sovrindorlari sertifikat va esdalik sovg‘alari taqdirlanadi.