Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Targ‘ibot poyezdi” loyihasiga start berildi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti faol talabalari tomonidan mamlakatimiz ijtimoiy siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar, konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyatini fuqarolarga yetkazish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasini yo‘lga qo‘yish taklifi ilgari surilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar ko‘magida mazkur loyihaga start berildi.

Loyiha doirasida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalaridan iborat targ‘ibot guruhlari shakllantirilib, har bir hudud bo‘yicha biriktirildi.

Ayni paytda targ‘ibot guruhi a’zolari uchun seminarlar tashkil etilmoqda.

Mashg‘ulotlar konstitutsiyaviy komissiya a’zolari, universitet professor-o‘qituvchilari va tajribali targ‘ibotchilar tomonidan olib borilmoqda.

Shu bilan birga targ‘ibot guruhi a’zolari uchun huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyati yaratilmoqda.

Targ‘ibot guruhi a’zolari joriy yilning 25-martidan boshlab hududlarga huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish uchun yo‘l oladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar