Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Zamonaviy Oʻzbekiston va Qozogʻiston huquqi: holati, xususiyatlari va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi oʻzbek-qozoq xalqaro forumi o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universitetida tashkil etilgan forumda TDYU, Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, Abay nomidagi Qozogʻiston milliy pedagogika universiteti, Akademik E.A.Buketov nomidagi Karaganda universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Xalqaro anjumanda yurisprudensiyaga oid keng qamrovli masalalar muhokama qilinib, soʻnggi yillarda har ikki davlat tomonidan amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar doirasida Qozogʻiston va Oʻzbekiston Respublikalari qonunchiligining holati va rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Muhokamalarda ikki davlatning konstitutsiyaviy rivojlanish jarayoni va mavjud muammolar tahlil qilinib, ularga har tomonlama ilmiy baho berildi hamda milliy qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Forum doirasida “Xalqaro indekslangan jurnallarda maqolalar tayyorlash va chop etish vositalari” mavzusida vebinar va TDYUda tahsil olayotgan qozog‘stonlik talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar