Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“TSUL Jessup” jamoasi Jessup Moot milliy raundlarida ishtirok etmoqda

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition — 2025” xalqaro tanlovining milliy raundlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada Muhammadali Rahmonov, Javohir Miraliyev, Nasiba Mirzaahmedova, Anisa Abdulxayeva va Baxriddin Sultonovdan iborat “TSUL Jessup” jamoasi ishtirok etmoqda. Jamoaga Stiven Shnibaum va Ahrorxon Nabirayev murabbiylik qilmoqda.

Milliy raundlar doirasida jamoamiz Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Westminster xalqaro universiteti va Huquqni himoya qilish akademiyasi jamoalari bilan bellashadi. Shuningdek, jamoamiz Qozog‘iston va Qirg‘iziston universitetlari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun: “Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition — 2025” musobaqasi xalqaro huquq sohasidagi eng katta va nufuzli tanlov bo‘lib, unda 100 ga yaqin mamlakatdan 700 dan ortiq universitet jamoalari ishtirok etadi. Musobaqa ishtirokchilarga xalqaro huquq sohasida amaliy tajriba orttirish, huquqiy tahlil va sud muhokamasi ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar