Ayni paytda TDYUning 1362 nafar, jumladan, Ommaviy huquq fakultetining 355 nafar, Jinoiy odil sudlov fakultetining 413 nafar, Xususiy huquq fakultetining 227 nafar, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetining 367 nafar talabasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlarda bitiruv malakaviy amaliyotini o‘tamoqda.
Joriy yilda 4-kurs talabalarining 432 nafari prokuratura, 267 nafari sud, 239 nafari adliya, 139 nafari advokatura, 47 nafari notariat, 19 nafari ichki ishlar, 5 nafari tashqi ishlar tizimida, shuningdek, 189 nafari boshqa tashkilot va idoralarda amaliyot o‘tayotgan bo‘lsa, 25 nafari TDYU Yuridik klinikasida nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlamoqda.
Shu bilan birga, 34 nafar professor-o‘qituvchi amaliyot rahbarlari etib belgilangan hamda ularning 15 nafari talabalarni hududlardagi amaliyot tashkilotlariga joylashtirish maqsadida xizmat safariga yuborilgan
Bitiruv malakaviy amaliyot 23-aprelga qadar davom etadi.