Bahorgi maktab Germaniya Tashqi ishlar vazirligi mablag‘lari hisobidan Germaniya akademik almashinuv xizmati tomonidan moliyalashtiriladi.
Bahorgi maktab 2025-yil 21-apreldan 1-maygacha Germaniyaning Saarbruken shahridagi Saarland universitetining Yevropa institutida o‘tkaziladi.
Ushbu bahorgi maktab davomida Yevropa Ittifoqida xomashyo resurslarini samarali boshqarish va uning dolzarb muammolariga katta qiziqish bildirgan talabalar (magistratura va doktorantura bosqichi talabalari) Yevropa huquqi, iqtisodiy huquq va xom ashyo huquqi sohasidagi taniqli xalqaro ekspertlar bilan mazkur masalalarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, bahorgi maktab doirasida Lyuksemburgdagi Yevropa sudi yoki Strasburgdagi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga safar rejalashtirilgan.
Ishtirokchilarga parvoz xarajatlarini (mobillikni) qoplash uchun 1275 yevro ajratiladi. Agar chipta narxi ushbu summadan oshsa, ishtirokchilar ortiqcha mablag‘ni to‘lashlari kerak bo‘ladi. Boshqa xarajatlar, jumladan ikki kishilik pansiyon xonasida turish (nonushta va tushlik), shuningdek, maktab va barcha zarur materiallar grant hisobidan qoplanadi. Seminar uchun haq olinmaydi.
Bahorgi maktabda ishtirok etishni istaganlar 3-fevral Markaziy Yevropa vaqti bilan 23:59 gacha quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin: https://forms.gle/4rrXxbXZ8kEw3RQF9
Shuningdek, bahorgi maktabda ishtirok etishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni tsulprojects@gmail.com manziliga yuborishi kerak:
• ma’lumotnoma (rezyume);
• motivatsion xat;
• akademik ma’lumotnomalar/sertifikatlar;
• tavsiyanoma;
• qabul qilingani haqida tasdiqnoma;
• pasport nusxasi.
Agar rasmiy hujjatlar ingliz tilida taqdim etilmasa, tarjimasi ham ilova qilinadi. Rasmiy tasdiqlash talab etilmaydi.
Batafsil ma’lumot uchun Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro grantlar bo‘limi (@viktoriyasolieva Telegram manzili yoki tsulprojects@gmail.com pochta manzili)ga murojaat qiling.