Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada” sport musobaqalarining dzyudo bo‘yicha saralash bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqada Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Xususan, Durdona Ma’murjonova 78 kg vazn toifasida oltin, Asror Nortojiyev 110+ kg toifasida kumush, Dilbar Asatova 48 kg gacha vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.