Ushbu dasturda o‘qishni xohlagan nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 80 foizdan kam bo‘lmasligi hamda yapon yoki ingliz tilini bilish darajasi B2 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.
Kuzgi semestrda akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalar 21-fevralga qadar fakultet dekanatlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
– akademik transkript nusxasi;
– xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
– yapon yoki Ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat;
– faollik to‘g‘risida boshqa sertifikatlar (agar mavjud bo’lsa).
Onlayn tadbirlarda taqdim etilgan sertifikatlar, tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.
Loyiha 2025/2026-o‘quv yilining kuzgi semestrini xorijiy hamkor universitetda to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.
Load More Post...