“Ilmli ayol — jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti vakillari, huquqshunos olimalar, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlari ishtirok etidi.
Xotin-qizlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda ayollarning kasb mahorati va tajribalarini oshirish, jamiyatdagi mavqeyini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlar uchun ilm-fan bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida fikr almashildi.
Tadbir doirasida gender tengligini ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan kitob va risolalar taqdimoti o‘tkazildi.