Uch kunlik davra suhbatlari va seminar-treninglarda Finlandiyaning Xelsinki universiteti Huquq ustuvorligi markazi direktori, professor Tuya Braks, Obo Akademiyasi professori Elina Pirjatanniemi, Laplandiya universiteti Huquq fakulteti professori Matti Nojonen hamda TDYU professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar va amaliyotchi-mutaxassislar ishtirok etdi.
Anjumanlar doirasida professor Tuya Braks “Finlandiya konstitutsiyasi tarixiga nazar” va “Finlandiya konstitutsiyasida nazarda tutilgan ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar” mavzularida, professor Matti Nojonen “Jamiyatlar tuzilmalari va madaniyatlari” va “Konstitutsiyalar — qiyosiy tahlil” mavzularida ma’ruza qildi.
Shuningdek, mavzu yuzasidan TDYU Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi professor-o‘qituvchilarining ham ma’ruzalari tinglandi.
Ma’ruzalar yakunida mavzu yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.
Yakunda davra suhbatlarida faol ishtirok etgan ishtirokchilarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.