Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

O‘quv rejalarini xalqaro standartlarga moslashtirish orqali tranformatsiya qilish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universiteti Transaformatsiya bo‘limi tashabbusi bilan “Mintaqaviy Muloqot” xalqaro nodavlat-notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan treningni buyuk britaniyalik ekspert Richard Grayms olib bordi.

Mashg‘ulotda O‘quv-uslubiy boshqarma va Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimlari, fakultet dekanlarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, kafedralarning o‘quvga mas’ul bo‘lgan professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Seminar-treningda o‘quv rejalarida ta’lim dasturidan kutilayotgan natijalarni belgilashning ahamiyati, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlaridagi natijalar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikning ahamiyati, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini xaritalash (corriculum mapping) tartibi hamda bularning Buyuk Britaniyaning Oliy ta’lim sifatini ta’minlash agentligi (QAA) tomonidan dasturiy akkreditatsiyadan o‘tkazishdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar