Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti aholi, ayniqsa, yoshlarni universitetda tashkil etilgan klub va to‘garalar ga a’zo bo‘lishga, mahorat darslari va festivallarda ishtirok etishga chorlaydi.

 

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidorini namoyish etishi uchun imkon yaratish, yigit-qizlarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida 50 dan ortiq klub va to‘garaklar tashkil etilgan.

Ushbu klub va to‘garaklar faoliyati bilan quyidagi linklar orqali tanishishingiz mumkin…

Talabalar ushbu klub va to‘garaklarga onlayn va oflayn tarzda a’zo bo‘lishi mumkin.

 

Sport to‘garaklari

Toshkent davlat yuridik universitetida aholi, ayniqsa, yoshlarning turli sport turlari bilan shug‘ullanishiga imkoniyat va sharoit yaratish maqsadida 10 ga yaqin sport to‘garaklari faoliayt olib bormoqda. Ushbu to‘garaklar a’zo bo’lishni istaganlar quyidagi link orqali ularning o‘tkaziladigan kunlari va vaqtlari haqida ma’lumot olishi hamda onlayn tarzda to‘garaklarga a’zo bo‘lishi mumkin:

Sport to‘garaklarining mashg‘ulotlar jadvali bilan tanishish…


Talabalar teatr studiyasi

Toshkent davlat yuridik universiteti tashrif buyurganlar nafaqat universitetning teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan spektakllarni tomosha qilishi, balki ularda o‘zlari ham ishtirok etishi mumkin. Buning uchun TDYU “Talabalar teatr studiyasi”ga a’zo bo‘lish kifoya.

 

Talabalar festivallari

Toshkent davlat yuridik universitetida bir o‘quv yili davomida kamida ikki marta “Talabalar festivali” o‘tkaziladi. Ushbu festivallarda aholi, ayniqsa, yoshlar turli tanlov, viktorina, sport musobaqalarida ishtirok etishi mumkin. Universitetda o‘tkazilgan “Talabalar festivali” jarayonlari bilan quyidagi link orqali tanishishingiz mumkin: