Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
TDYUda talabalarga stipendiya berish va ijtimoiy yordam ko‘rsatish tartibi

Toshkent davlat yuridik universiteti talabalariga stipendiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 31-yanvardagi “Oliy ta'lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 59-sonli qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Tegishli moliya yilida oliy ta'lim muassasalarida stipendiya to‘lovlari uchun rejalashtirilgan byudjet mablag‘lariga nisbatan 10 foiz hamda to‘lov-kontrakt bo‘yicha rejalashtirilgan tushumlarning 2 foiz miqdoridagi mablag‘lar hisobiga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tashkil etilgan.

Ushbu jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishda universitet rektorining 2020-yil 19-avgustdagi 08-146-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Toshkent davlat yuridik universitetining iqtidorli talabalariga stipendiya tayinlash va grant ajratish to‘g‘risida”gi Nizom va universitet Kengashining 2020-yil 3-apreldagi 5-son yig‘ilishi bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarini rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish hamda uning mablag‘laridan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash” tartibi mezonlariga asosan amalga oshiriladi.

Universitet talabalarini jamg‘arma mablag‘lari xisobidan rag‘batlantirish bo‘yicha universitet rektorining 2020-yil 11-sentabrdagi 02-116-sonli buyrug‘i bilan talabalarga o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha stipendiya belgilash, alohida qobiliyat va iqtidorga egaligi, jamoat ishlarida faolligi, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni rag‘batlantirish hamda moddiy yordam to‘lovi tayinlashda stipendiya komissiyasi tashkil etilgan.

Universitet talabalariga jamg‘arma mablag‘lari xisobidan iqtidorli talabalarga stipendiya va grantlar ajratish bo‘yicha universitet rektorining 2020-yil 26-avgustdagi 02-109-sonli buyrug‘i bilan universitet komissiyasi tashkil etilgan.