Toshkent davlat yuridik universitetida talabalarga ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash haqida ma'lumot
Toshkent davlat yuridik universitetida talabalarga ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bakalariat va magistraturaning kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun davlat grantlari faqat 1 o‘quv yiliga taqdim etilishi, ikkinchi va undan kеyingi kurslarda yuqori akadеmik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishgan hamda O‘zbеkiston Rеspublikasi fuqarosi bo‘lgan ijtimoiy faol talabalar o‘rtasida tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlanishi belgilangan.
Ta’lim grantlarini qayta taqsimlashda tegishli o‘quv yili yakuni bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,50 va undan yuqori bo‘lgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
Talabgorlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Talabgorlarning umumiy natijalari 100 ballik tizimda shakllantirilib, belgilangan grant o‘rinlari doirasida eng yuqori natija qayd etgan talabalar grant olish uchun tavsiya etiladi.
Ta’lim granti to‘liq ta’lim granti va to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti shaklida taqdim etiladi.
Shuningdek, belgilangan toifadagi talabalar uchun qo‘shimcha davlat granti hamda oliy ta’lim tashkiloti granti (OTT granti) taqdim etilishi mumkin.
Ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi, talabgorlar uchun qo‘yilgan talablar, baholash mezonlari va grant turlari bilan batafsil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom orqali tanishishingiz mumkin:
Nizom bilan tanishish: https://lex.uz/uz/docs/-7429154
Eslatma
Davlat grantlari ijtimoiy rag‘batlantiruvchi va ta’lim grantlariga ajratiladi:
1. ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant qonunchilikda bеlgilangan imtiyoz bo‘yicha davlat granti asosida va maqsadli qabul doirasida talabalikka qabul qilingan talabalarga, shuningdеk, tarmoq va sohalarning, davlat organlari va tashkilotlarining grantlari sohiblariga o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi;
2. ta’lim granti davlat buyurtmasi paramеtrlari doirasida oliy ta’lim tashkilotiga qabul qilingan talabalar uchun tabaqalashtirilgan tartibda ajratiladi.
| Ta’lim grantiga ariza topshirish | Ta’lim grantiga ariza topshirish | |
| Asos hujjatlar | Asos hujjatlar | |
| Asos hujjatlar | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-son farmoni | |
| Asos hujjatlar | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori | |
| Asos hujjatlar | O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 16-maydagi 186-son buyrug‘i | |
| Grant parametrlari / tasdiqlangan kvota | Grant parametrlari / tasdiqlangan kvota | |
| Grant parametrlari / tasdiqlangan kvota | 2025/2026-o‘quv yili uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash parametrlari (ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim tillari va kurslar kesimida) | |
| Grant parametrlari / tasdiqlangan kvota | 2026/2027-o‘quv yili uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash parametrlari (ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim tillari va kurslar kesimida) | |
| 2025/2026 | 2025/2026-o‘quv yili ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash natijalari | |
| 2025/2026 | Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash bo‘yicha komissiya faoliyati natijalari | |
| 2025/2026 | Ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha komissiya faoliyati natijalari | |
| 2025/2026 | Maxsus komissiya faoliyati natijalari | |
| 2025/2026 | Ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash yakuniy natijalari (Universitet Kengashi tasdiqlagan yakuniy ro‘yxat) | |
| 2026/2027 | 2026/2027-o‘quv yili ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash natijalari | |
| 2026/2027 | Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash bo‘yicha komissiya faoliyati natijalari | |
| 2026/2027 | Ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha komissiya faoliyati natijalari | |
| 2026/2027 | Maxsus komissiya faoliyati natijalari | |
| 2026/2027 | Ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash yakuniy natijalari (Universitet Kengashi tasdiqlagan yakuniy ro‘yxat) | Yuklab olish |