2020-yil
davomida 3 nafar talaba akademik almashinuv dasturi doirasida hamkor
universitetlardan TDYUga o‘qishga kelgan.
Bundan
tashqari, har yili TDYU talabalarining akademik mobillik dasturlarida faol
ishtirok etishi ta’minlanadi. Hozirgi kundagi epidemiologik vaziyatga
qaramasdan Nagoya universiteti, MIE universiteti, Mikolas Romeris universiteti,
Sharqiy Xitoy siyosiy fanlar va huquq universiteti, Belarus davlat
universiteti, Gdansk universiteti va boshqa qator hamkor universitetlar bilan
talabalar akademik mobillik dasturi yo‘lga qo‘yilgan.
2021-yil bahorgi semestri damovida 4 nafar talabaning akademik mobillik dasturida ishtiroki ta’minlandi, 2021-yil kuzgi semestri davomida 30 yaqin talabaning akademik mobillik dasturida ishtirok etishini ta’minlash rejalashtirilgan.