Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi tomonidan “PraeLegal” xalqaro advokatlik firmasi hamda Akademik Y.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan anjumanda xalqaro ekspertlar, “PraeLegal” advokatlik firmasi mutaxassislari, O‘zbekiston Respublikasi IIV, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakillari, Jamoat xavfsizligi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, IIV Akademiyasi, TDYU professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar va talabalar ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyot sohasidagi jinoyat qonunchiligini takomillashtirish, xususan, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan konferensiya 15-may 15:00 da TDYU 1-bino 208-xonada boshlanadi.
Shuningdek, xalqaro anjumanda quyidagi havola orqali ishtirok etish mumkin:
https://us06web.zoom.us/j/83942108545?pwd=0nfNSbKMkIKqv1cwNsTXP0GUlGBczf.1
Konferensiya ID: 839 4210 8545
Kirish kodi: 939671
Load More Post...