TDYUda “Bir kun talaba boʻling!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
2024/2025-oʻquv yili qabul jarayonlari boʻyicha abituriyentlar va ularning ota-onalari, universitet faoliyatiga qiziquvchi fuqarolar uchun tashkil etilgan tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari — jami 100 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
Ishtirokchilarga qabul jarayonlari, bu yilgi imtihonlar, kvotalar, universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rni, muassasada talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarning universitet faoliyati, yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar, o‘quv va qabul jarayonlari haqidagi savollariga javob berildi.
“Ochiq eshiklar kuni” doirasida ishtirokchilar uchun universitet bo‘ylab sayohat tashkil etildi.
Load More Post...