Qisqa muddatli qishki ta’til davomida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning mehnat huquqidan egallagan bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida mehnat huquqi fanidan onlayn viktorina tashkil etiladi.
15-yanvar 21:00 da boshlanadigan viktorinada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emas.
Onlayn viktorina test shaklida Google platformasida o‘tkaziladi va 60 ta test uchun 60 daqiqa vaqt ajratiladi.
Viktorina 22:00 da yakunlanadi va ushbu vaqtdan keyin berilgan javoblar qabul qilinmaydi.
Testlar amaldagi Mehnat kodeksi va mehnat to‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlaridan tuziladi hamda testda nafaqat talabalar, balki yoshi va faoliyat turidan qat’i nazar barcha ishtirok etishi mumkin.
Test linki “Mehnat huquqi” telegram kanalida e’lon qilinadi.
Load More Post...