O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan uchrashuv 26-aprel 11:00 dan boshlab TDYU 3-bino katta majlislar zalida o‘tkaziladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Apparati rahbari Abduxalim Xolmaxmatov, Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Muxitdinov, Kadrlar boshqarmasi katta konsultanti Javohir Jo‘rayev hamda Jizzax viloyat sudi vakillari ishtirok etadi.
Toshkent davlat yuridik universiteti 3–4-bosqich talabalari va magistrantlari uchun tashkil etilayotgan uchrashuvda sud tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlari, tizimda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy kafolatlar, ishga qabul qilish tartibi, nomzodlarga qo‘yilgan talablar haqida ma’lumot beriladi.
Load More Post...