Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
Bosh sahifa   >  

TDYU YOSH OLIMLAR KONFERENSIYASI

Toshkent davlat yuridik universiteti Yosh olimlar kengashining “O‘zbekistonda huquqshunoslik fani rivojlanishining istiqbollari” mavzusidagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada universitet yosh olimlari o‘z tadqiqot mavzulari bilan ishtirok etdi.

Tadbirda, O‘zbekiston huquq tizimining turli sohalariga oid ma’ruzalar tinglandi, yosh olimlarning nuqtai nazari eshitildi. Yosh olimlar o‘zlarining ilmiy tadqiqot ishlariga qiziqishi nihoyatda katta ekanligini namoyish qilib, tadqiqot jarayonidagi olingan natijalari bilan fikrlashib o‘zbek, rus va ingliz tillarida ma’ruza qildi.

Tadbirda bir qator boshqa oliy ta’lim muassasalaridan ham talabalar ZOOM dasturi orqali ishtirok etishdi.

Konferensiya rezolyusiyasiga ko‘ra, qo‘yidagicha xulosaga kelindi:

-Yosh olimlarning konferensiyasini har semestrda o‘tkazish;

-Yosh olimlarning maqolalarini to‘plam sifatida chop etish;

-Yosh olimlarning ma’ruzachilari qatorini kengaytirish;

-Yosh olimlarning ilmiy ishlanmalarini tizimlashtirib Adliya vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlarga foydalanish uchun yo‘llash.

Bakalavriat, magistratura talabalaridan va doktorantura tinglovchilaridan, shuningdek yosh o‘qituvchilardan huquqqa oid maqolalarni qabul qilib olish 2020 yil 25 dekabrgacha davom etadi. Maqola jo‘natish uchun elektron pochta manzili: serikbekm@mail.ru.