Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
Bosh sahifa   >  

YOK faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

  • yoshlarni Universitetning ilmiy va jamoat ishlarida, ilmiy va ilmiy-metodik tadbirlarda faol qatnashishga jalb etish;
  • keng doiradagi yosh olimlarni jalb etgan holda milliy, xorijiy va xalqaro miqyosdagi dolzarb ilmiy muammolarni muhokama qilish uchun konferensiya, davra suhbati va ilmiy seminarlar tashkil etish va o‘tkazish;
  • yetuk milliy va xorijiy olimlar, amaliyotchilar va siyosatchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish;
  • yosh olimlar ilmiy maqolalari va tezislarini ilmiy jurnallar, to‘plamlar va boshqa nashrlarda chop etilishini tashkil etish;
  • huquq sohasida yosh olimlarning ilmiy va pedagogik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va natijalari haqida axborot almashinishini ta’minlash;
  • huquq sohasidagi ilmiy faoliyat bilan bog‘liq muammolarni hal etishga qaratilgan tajriba almashish mexanizmini joriy etish;
  • yosh olimlar faoliyatini (hizmat safarlari, konferensiyalarda ishtirok, maqola nashr etish va h.k.) qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy manbalarni (milliy va xorijiy grantlar, homiylik yordami) jalb etish;
  • yosh olimlar ilmiy tadqiqot yo‘nalishlariga bog‘liq bo‘lgan o‘quv va ilmiy-tadqiqot loyihalari to‘g‘risida ma’lumotlar tarqatish;
  • huquq sohasida yosh olimlar natijalarini keng tarqatish va joriy etish;
  • Universitet yosh olimlari ijodiy va professional imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirish maqsadida qonun chiqaruvchi va huquq qo‘llovchi o‘rganlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish.

Yosh olimlar kengashi raisi: Achilova Liliya Ilxomovna - dotsent v.b, yuridik fanlar bo‘yicha PhD